Samarqand va Navoiy viloyatlarida jami 101,6 mln so‘mlik 2,2 mingdan ortiq qalbaki aksiz markali hamda tegishli hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Payariq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oilaviy korxona rahbari tumandagi «Qumchuq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan savdo do‘konida noqonuniy alkogol mahsulotlarini sotayotgani aniqlangan.
Tekshiruv vaqtida do‘konda umumiy qiymati 88,1 mln so‘m bo‘lgan 30 turdagi 2 005 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur mahsulotlar protsessual tartibda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.