Kursiv Uzbekistan 20 – 26-iyul kunlari mahalliy va xalqaro maydonda sodir bo‘lgan yangiliklarni bir joyga jamladi.
Ispaniya Jahon chempioni! «Qizil furiya» finalda Argentinadan ustun keldi
AQShning Nyu-York shahrida futbol bo‘yicha Jahon chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashib, yakunda ispanlar amaldagi chempionlarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvni har ikki jamoaning asosiy yulduzlari Lamin Yamal va Lionel Messi boshlang‘ich tarkibda boshladi. Birinchi bo‘limda ispaniyaliklar faol harakat qilib, to‘p nazoratini o‘z qo‘llariga olishdi. Janubiy Amerika vakillari esa asosan qisqa va tezkor qarshi hujumlar tashkil etish bilan cheklanishdi.