2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari bir yil ichida 12 foizga oshib, 642,8 trln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, eng katta ulush jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Aholiga berilgan kreditlar
Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bir yil ichida 20 foizga oshib, 235,9 trln so‘mga yetdi. Natijada aholiga berilgan kreditlar umumiy kredit portfelining 37 foizini tashkil etdi.
2025-yil 1-iyul holatiga bu ko‘rsatkich 196,9 trln so‘m yoki jami kreditlarning 34 foizi edi.
Sanoatga ajratilgan kreditlar kamaydi
Sanoat tarmog‘iga yo‘naltirilgan kreditlar 13 foizga kamayib, 137,6 trln so‘mni tashkil etdi. Shu...