O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo Demokratik Respublikasi darvozasiga urgan goli FIFA tomonidan o‘tkazilgan Hyundai «Turnirning eng chiroyli goli» so‘rovnomasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Kabo-Verde futbolchisi Sidni Lopes Kabralning Argentinaga qarshi goli g‘olib deb topildi. Gaitilik Vilson Izidorning Marokash darvozasiga yo‘llagan kuchli zarbasi uchinchi o‘rinni band etdi. FIFA muxlislar tanlovi uchun jahon chempionatida urilgan 308 ta gol orasidan 12 tasini saralab olgan edi.
Shomurodov ushbu golni 2026-yil 27-iyun kuni AQShning Jorjiya shtati Atlanta shahridagi Mercedes-Benz stadionida o‘tkazilgan guruh bosqichi uchrashuvida urgan. O‘yin Toshkent vaqti bilan 28-iyun kuni soat 04:30 da boshlangan. «K» guruhining so‘nggi...