Coca-Cola kompaniyasining asosiy ichimliklari savdosi futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati doirasidagi reklama kampaniyasi fonida keskin oshdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Kompaniya flagman Coca-Cola ichimligi sotuvlari yilning ikkinchi choragida 5 foizga ko‘payib, pandemiya davrini hisobga olmaganda, so‘nggi 17 yildagi eng yuqori choraklik o‘sishni qayd etdi.
Kompaniya bosh direktori Enrike Braunning CNBC telekanaliga ma’lum qilishicha, jahon chempionati uchun yo‘lga qo‘yilgan global marketing kampaniyasi ichimliklarga talab oshishining asosiy omillaridan biri bo‘lgan. Sport ichimligi Powerade savdosi ham hisobot davrida 8 foizga ko‘paydi.
Savdolar qanchaga oshdi
Coca-Cola’ning ikkinchi chorakdagi sof foydasi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 16,27 foizga oshib, $4,43 mlrdga yoki...