Samsung kompaniyasining yaqin oylarda taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S26 FE smartfoni 45 Vt quvvatli tezkor simli quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Yangi modelning quvvatlash tezligi avvalgi Galaxy S25 FE bilan bir xil bo‘lib qolishi kutilmoqda. Samsung o‘tgan yili FE turkumidagi smartfonlar uchun quvvatlash quvvatini 45 Vtgacha oshirgan edi. Yangi sertifikatlash hujjati kompaniya Galaxy S26 FE’da ham ushbu imkoniyatni saqlab qolishini ko‘rsatmoqda.
Nimalar ma’lum
Galaxy S26 FE quvvatlash tezligi bo‘yicha bazaviy Galaxy S26 flagmanidan ustun bo‘lishi mumkin. Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 modeli 25 Vt tezkor quvvatlash bilan cheklanadi. Shunday qilib, narxi nisbatan...