Chevrolet kompaniyasi yangi krossover ishlab chiqmoqda. Zavod ichida 9BXX-2 indeksi bilan yuritilayotgan model kompaniya qatorida Trailblazer va Tracker oralig‘idan joy olishi kutilmoqda. Bu haqda Auto.mail nashri xabar bermoqda.
Yangi avtomobil haqidagi ma’lumot General Motors’ning Janubiy Koreyadagi korxonasi xodimlari bilan mehnat munosabatlarini tartibga solish jarayonida ma’lum bo‘ldi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuvga kompaniyaning krossover ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish majburiyati ham kiritilgan.
Janubiy Koreyaning Daum portali ma’lumotlariga ko‘ra, General Motors muhandislari kelajakdagi modelning dizayni, platformasi va asosiy butlovchi qismlarini ishlab chiqishni yakunlagan. Biroq avtomobilni seriyali ishlab chiqarish uchun kompaniyaning AQShdagi bosh ofisi loyihani tasdiqlashi kerak.