Soliq qo‘mitasi keshbek tizimidagi firibgarlik holatlarini aniqlashda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 30-iyul kuni Soliq qo‘mitasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘mitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti direktori Farrux Axmedjanov ma’lum qildi.
Keshbek tizimida firibgarlik holatlari aniqlangan
Axmedjanovning aytishicha, keshbek tizimi bo‘yicha firibgarlik holatlari, haqiqatan ham, qayd etilgan. U ayrim fuqarolar xarid qilmasdan turib cheklar qo‘lga kiritilgani yoki cheklar bilan bog‘liq turli sxemalar ishlatilganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim Telegram kanallarida cheklarni sotish bilan bog‘liq guruhlar faoliyat yuritgani aniqlangan. Bunday holatlarda fuqarolar qo‘shimcha daromad olish maqsadida cheklardan noqonuniy foydalanishga uringan.
AI keshbek firibgarliklarini aniqlashda yordam beradi
Axmedjanovning aytishicha, sun’iy intellekt...