Honor 600 Pro 2026-yil iyul oyida AnTuTu tomonidan tuzilgan dunyodagi eng kuchli subflagman smartfonlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Qurilmaning global versiyasiga esa Snapdragon 8 Elite chipi o‘rnatilgan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Dimensity 8550 Super protsessoriga ega Oppo Reno 16 joy oldi. Honor Win Turbo esa Honor 600 Pro bilan bir xil Dimensity 8550 Elite platformasi asosida ishlab, uchinchi natijani qayd etdi. Reytingdagi dastlabki olti o‘rinni MediaTek Dimensity 8500 turkumining turli talqinlarida ishlaydigan qurilmalar band qilgan.
Eng kuchli o‘nta subflagman qatoriga Oppo K15 Pro, Xiaomi 17T, iQOO Z11, Redmi Turbo 5, Realme Neo7 SE, Oppo K13 Turbo 5G va iQOO Z...