O‘zbekistonda mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi tashkil etiladi. Oliy sud Rayosati bu boradagi tegishli qarorni qabul qildi.
Yangi tartib 1-avgustdan kuchga kiradi
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-avgustdan boshlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning amaldagi shtat birliklari doirasida mehnat nizolarini ko‘rib chiqishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Sudyalarning soni belgilandi
Yangi tizimga ko‘ra:
Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida 4 nafar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida 3 nafardan ixtisoslashgan sudya faoliyat yuritadi.
Shuningdek, Nukus, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Karmana, Namangan, Termiz, Ohangaron, Farg‘ona va Urganch tumanlararo sudlarida 2 nafardan, Samarqand shahar, Kattaqo‘rg‘on, O‘rta Сhirchiq, Yangiyo‘l...