«O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi» aksiyadorlik jamiyati (UzNIF) ro‘yxatdan o‘tish hujjatini e’lon qilish niyati va o‘z aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.
Joylashtirish tafsilotlari
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, taklif ikki transhdan iborat bo‘ladi:
Toshkentdagi taklif: oddiy aksiyalar O‘zbekistondagi institutsional va chakana investorlarga taklif etiladi. Aksiyalar listingi «Toshkent» respublika fond birjasida rejalashtirilgan. Xalqaro taklif: global depozitar tilxatlar (GDR) mamlakat tashqarisidagi institutsional investorlarga taklif qilinadi. GDR’larning London fond birjasining (LSE) asosiy maydonchasida savdolarga qo‘yilishi kutilmoqda.Sotuvchi aksiyador sifatida hozirda kompaniyaning yagona egasi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi...