
Chevrolet 2027-yilgi Tahoe va Suburban Z71 komplektatsiyasi uchun buyurtma tartibiga bir qator kichik o‘zgarishlar kiritmoqda. GM Authorityga ko‘ra, asosiy yangiliklar orqa o‘rindiq media tizimi, g‘ildirak disklari, qora kuzgu qoplamalari va salon himoya aksessuarlariga tegishli.
Orqa o‘rindiq media tizimi alohida opsiya bo‘ladi

Z71 Off-Road Package endi Rear Seat Media System’ni o‘z ichiga olmaydi. Bu o‘zgarish 2026-yil may oyida joriy qilingan va 2027-yilgi Tahoe hamda Suburban’da ham saqlanadi.
Endi orqa o‘rindiq media tizimi alohida opsiya sifatida tanlanadi. Biroq xaridor bu funksiyani olish uchun baribir Z71 Off-Road Package’ni ham buyurtma qilishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu media tizim endi ikki dona Bluetooth quloqchin bilan birga berilmaydi.
Z71 Off-Road Package tarkibi saqlanadi

Z71 Off-Road Package yo‘ldan tashqarida yurish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Paket tarkibida tirkama bilan harakatda ko‘r zonani nazorat qilish, tirkama tormoz kontrolleri, kuchaytirilgan sovitish tizimi, ikki tezlikli transfer qutisi, tepalikdan tushishda yordam tizimi, Magnetic Ride Control, Air Ride Adaptive osmasi va elektron cheklangan sirpanish differensiali kabi funksiyalar mavjud.
Suburban Z71 uchun qora disklar qo‘shildi
2027-yilgi Suburban Z71 uchun 20 dyuymli yaltiroq qora alyuminiy disklar taklif etiladi.
Avval bu disklar Tahoe RST’da RST Performance Edition paketi bilan mavjud bo‘lgan. Suburban’da esa bunday paket taklif qilinmagani sabab, endi ushbu disklar aynan Suburban Z71 tanloviga qo‘shildi.
Bu disklar 2027-yilgi Suburban’ning boshqa komplektatsiyalarida mavjud bo‘lmaydi.
Qora kuzgu qoplamalari alohida tanlanadi
Z71 versiyasi uchun qora yon kuzgu qoplamalari endi alohida opsiya sifatida buyurtma qilinadi. Avval bu detal faqat RST Dark Essentials Package tarkibida mavjud edi.
Interior Protection Package endi mavjud bo‘lmaydi, chunki birinchi va ikkinchi qator uchun all-weather poliklar ishlab chiqarishdan chiqarilgan.
Biroq ko‘proq himoya xohlagan xaridorlar uchun All-Weather Floor Liner Package hamon taklif etiladi. U birinchi, ikkinchi va uchinchi qator poliklari hamda yukxona gilamchasini o‘z ichiga oladi.

Premium Liner Protection Package ham saqlanadi. Unda birinchi va ikkinchi qator uchun premium poliklar beriladi.
Qora nom belgilar Z71 uchun taklif etilmaydi
2027-yilgi Tahoe va Suburban’ning boshqa komplektatsiyalarida qora nom belgilar alohida opsiya bo‘ladi.
Ammo bu o‘zgarish Z71’ga taalluqli emas. Chunki Z71 belgilarining o‘zi allaqachon xrom, qora va qizil ranglar aralashmasida ishlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Blazer endi V6 dvigatel bilan buyurtma qilinmasligi xabar berilgandi. Ma’lumotga ko‘ra, dilerlar may oyining oxiridan beri 2026-yilgi Chevy Blazer’ni V6 dvigatel bilan buyurtma qila olmayapti.