Soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida soxta realizatsiya orqali yirik miqdordagi keshbek mablag‘larini asossiz qaytarib olishga qaratilgan yirik sxema aniqlandi. Bu haqda Soliq qo’mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, soxta realizatsiya fiskal cheklari orqali keshbek summalarini asossiz ravishda qaytarib olish holatlari aniqlangan. Tekshiruvlarda fuqaro tomonidan 2026-yilning o‘zida uchta MChJ tashkil etilgan.
1,1 trillion so‘mlik kamomad
Aniqlanishicha, 2026-yil 16-may kuni faqat bir kunning o‘zida «VS» MChJ tomonidan «ZSQ» MChJdan 585,7 mlrd so‘mlik, «GWI» MChJ tomonidan esa «ABB777» MChJdan 551,8 mlrd so‘mlik hamda «ZSQ» MChJdan 2,7 mlrd so‘mlik sariyog‘ mahsulotlari kirim qilingan. Biroq sayyor soliq tekshiruvi davomida realizatsiya qilinmagan deb...