Turkmanistonda go‘sht narxining oshib ketganini tanqid qilganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan bloger Didar Amansaxatovning qabri topildi. Bu haqda Turkmen.news xabar bermoqda.
Didar Amansaxatovning qabrtoshida uning tug‘ilgan va vafot etgan sanalari 30.05.1991—20.11.2025 shaklida qayd etilgan. Didar Xitrovskiy taxallusi bilan tanilgan bloger 2025-yil oxirida ijtimoiy tarmoqlarda go‘sht narxining 140–150 manat (516 ming so‘m)ga ko‘tarilib ketganini hajviy tarzda tanqid qilgan edi.
«Go‘sht 150 manat, 140 manat bo‘lganini qayerda ko‘rgansiz? Yo narxni tushirasizlar yoki biz go‘shtdan voz kechamiz», — degan edi u o‘zining so‘nggi videosida.
Ushbu chiqishidan ko‘p o‘tmay bloger g‘oyib bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u 15 sutkaga qamalgani...