O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Biroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ga ko‘ra, keng ko‘lamli o‘zgarishlar hali dastlabki bosqichda va ular joriy etilishidan oldin tizimning moliyaviy barqarorligi mustaqil baholanishi kerak.
XVJ hisobotida O‘zbekiston hukumati pensiya tizimini yangilash bo‘yicha dastlabki tahlillar va maslahatlarni o‘z ichiga olgan konsepsiya loyihasini ishlab chiqqani qayd etilgan.
Shu bilan birga, pensiya tizimining o‘rta muddatli barqarorligini ta’minlaydigan kompleks islohotlar hali boshlang‘ich bosqichda ekani ta’kidlangan.
Avval aktuar tahlil o‘tkazilishi kerak
Jamg‘arma keng ko‘lamli o‘zgarishlardan oldin mustaqil aktuar baholash o‘tkazishni tavsiya qilmoqda.
Bunday tahlil pensiya tizimining kelajakdagi daromad va xarajatlarini, aholi tarkibidagi o‘zgarishlarni hamda budjetga...