Apple xotira narxlarining keskin oshishi fonida iPhone 17 bazaviy modelini ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada kamaytirdi. Bu haqda WCCF Tech ma’lum qildi.
Ishlab chiqarish hajmi qancha qisqardi
Insayder Fixed Focus Digital ma’lumotiga ko‘ra, dastlab iPhone 17 bazaviy modeli ishlab chiqarish hajmini 15 foizga qisqartirish rejalashtirilgan edi. Biroq yakunda ushbu haftada ishlab chiqarish qariyb uchdan biriga, ya’ni 33 foizga kamaytirilgan.
Pro modellar ham kamayadimi
Manbaga ko‘ra, iPhone Pro modellari yuqori foyda keltiruvchi mahsulotlar hisoblanadi. Bunga sabab ularning asosiy komponentlari bazaviy modelnikiga o‘xshash bo‘lsa-da, sotuv narxi ancha yuqori ekani bilan izohlanadi. Hozircha Pro modellar ishlab chiqarilishi qisqartirilgani haqida...