O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Abbosbek Fayzullayevning to‘yida suratkashlik qildi. Bu haqda Portal24 instagram sahifasida ma’lum qildi.
Videoda Abduqodir Husanovning kamera bilan suratga olayotganini ko‘rish mumkin. Futbolchi yonidagilariga qarab «2 ta surat tayyor» degan.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev bugun, 10-iyul kuni katta hayot ostonasiga qadam qo‘ymoqda. Uning rafiqasi 21 yoshli Nisobonu Namangan viloyatining Chust tumanidagi Varzik qishlog‘ida tug‘ilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Abduqodir Husanov ilk nikoh...