O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Moskvaning «SSKA» klubidagi sobiq jamoadoshlaridan qo‘llab-quvvatlov olganini va Rossiya jamoasini sog‘inayotganini ma’lum qildi.
Fayzullayev JCh – 2026 guruh bosqichida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda O‘zbekistonning jahon chempionatlari tarixidagi ilk golini urgan edi. Mazkur bahs 1:3 hisobida yakunlangan. Futbolchining aytishicha, tarixiy goldan keyin «SSKA»dagi sobiq jamoadoshlari unga yozib, tabrik yo‘llagan.
«Ko‘plab futbolchilar yozdi. Lukin, Kislyak, Glebov va Moyzes gol bilan tabrikladi», – degan Fayzullayev «Chempionat» nashriga bergan intervyusida.
Jurnalistning «SSKA»ni sog‘inyapsizmi, degan savoliga u: «Albatta», deya javob bergan.
Abbosbek Fayzullayev hozirda Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi sharafini himoya qilmoqda. U...