Samsung kompaniyasi Galaxy S26 seriyasiga talab yuqori bo‘lgani sabab ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaror qildi. Sammobile’ga ko‘ra, Janubiy Koreyada yangi flagmanlar savdosi dastlabki prognozlardan yuqori bo‘lmoqda.
Ishlab chiqarish rejasi 1,5 mln donaga oshirildi
ETNews ma’lumotiga ko‘ra, Samsung iyul oyidagi ishlab chiqarish rejasini 1 mln donadan 1,5 mln donagacha ko‘targan.
Galaxy S26 Janubiy Koreya bozorida Samsung’ning eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar qatoriga aylangan.
Chegirmalar talabni oshirdi
Tahlilchilarga ko‘ra, savdoning o‘sishiga katta chegirmalar, reklama kampaniyalari va elektronika narxlari oshishi mumkinligi haqidagi xavotirlar ta’sir qilgan.
Asosiy omillardan biri Samsung Electronics Appreciation Festival With The People aksiyasi bo‘ldi. Unga ko‘ra, xaridorlar qurilma...