Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi ilk bor investitsiya darajasidagi dollar obligatsiyalarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bitim tashkilotchilari kelasi haftadayoq investorlar bilan muzokaralarni boshlashi mumkin. Obligatsiyalar chiqarilishi hajmi kamida $20 mlrd bo‘lishi kutilmoqda. Biroq bitim muddati va shartlari hali o‘zgarishi mumkin.
Joylashtirishdan tushgan mablag‘ SpaceX’ning $20 mlrdlik ko‘prik kreditini qayta moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu kredit muddati 2027-yil sentabrida tugaydi.
Kompaniya IPO hujjatlariga ko‘ra, 31-mart holatiga SpaceX’ning uzoq muddatli qarzi $29,1 mlrdga yetgan. Ko‘prik krediti esa ushbu qarzning asosiy qismini tashkil qiladi.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, obligatsiya joylashtirishni Bank of America, Citigroup, JPMorgan Chase, Goldman Sachs...