2026-yil mart oyida O‘zbekistonda ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan AQSh dollarida 9,4 foizga, milliy valyutada esa 3 foizga oshgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Yangi qurilgan uy-joylar narxi ham o‘sishda davom etgan. Xususan, yangi uylar AQSh dollarida 8,1 foizga, so‘mda esa 1,8 foizga qimmatlashgan.
Shu bilan birga, ijara bozori ham o‘sishni qayd etdi. Respublika bo‘yicha ijara narxlari AQSh dollarida 9,5 foizga, milliy valyutada esa 3,1 foizga oshgan. Toshkent shahrida esa o‘sish nisbatan past bo‘lib, ijara narxi dollar hisobida 6,9 foizga, so‘mda esa 0,6 foizga ko‘tarilgan.
Narxlarning oshishi xaridorlar faolligining yuqoriligi bilan birga kuzatilmoqda...