O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev kelinsalom marosimida qaylig‘ining peshonasidan o‘pdi. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Kelinsalom an’anaviy «Salom-salom, kelin salom» qo‘shig‘i sadolari ostida o‘tkazilgan. Kelin milliy naqshlar bilan bezatilgan libos va oq ro‘molda kuyovning qarindoshlari hamda mehmonlariga ta’zim qilgan. Fayzullayev esa marosimni uning yonida kuzatib, peshonasidan o‘pgan. Videoga izoh qoldirgan muxlislar yosh oilaga baxt, totuvlik va uzoq umr tilagan.
Fayzullayevning nikoh to‘yi 10-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. To‘yda uning...