Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan 20 mingga yaqin yo‘lovchilarga jarima solindi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning shu davriga qadar avtobuslarda 19 632 ta yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlangan. Har bir qoidabuzarlik bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, shu yilning oktabr oyidan boshlab monitoring xizmati xodimlari planshetlar bilan ta’minlandi. Endilikda ular yo‘l haqini to‘lamagan fuqarolarga nisbatan mustaqil tarzda ma’muriy bayonnoma tuzish vakolatiga ega.
2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent avtobuslarida naqd pulda to‘lov qilish amaliyoti to‘liq bekor qilingan bo‘lib, yo‘lovchilar elektron to‘lov yoki bir martalik QR-chiptalar yordamida to‘lovni...