Xiaomi bir nechta mashhur smartfon va planshetlar uchun dasturiy qo‘llab-quvvatlashni rasman to‘xtatdi. Kompaniya End of Life, ya’ni hayot sikli yakunlangan qurilmalar ro‘yxatini yangiladi.
Qaysi qurilmalar ro‘yxatga kiritildi
Yangilanish olmaydigan qurilmalar qatoriga Xiaomi, Redmi va Poco lineykalaridagi modellardan bir nechtasi kiritilgan.
Ro‘yxat quyidagicha:
Xiaomi 12; Xiaomi 12 Pro; Xiaomi 12S Ultra, Xitoy versiyasi; Xiaomi Pad 6, Xitoy versiyasi; Xiaomi Pad 6 Pro, Xitoy versiyasi; Poco X4 Pro 5G; Poco X5 5G; Poco X5 Pro 5G; Redmi Note 12T Pro, Xitoy versiyasi; Redmi K60E, Xitoy versiyasi; Redmi 10 5G.Endi Android va HyperOS yangilanishlari chiqmaydi
EOL maqomi qurilmaning dasturiy...