O‘zbekistonda hafta davomida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.
Ushbu davr mobaynida faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Iyul boshida kuzatilgan nisbatan salqin ob-havodan so‘ng, ushbu haftada respublika bo‘yicha harorat asta-sekin odatiy yozgi ko‘rsatkichlarga qaytadi. Bugun kunduzi havo 34–37 darajagacha isiydi, keyingi kunlarda esa kunduzgi harorat 37–40 darajaga yetadi.
Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida havo harorati kunduz kunlari asosan 39–42 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Toshkentda ham...