Shavkat Mirziyoyev Samarqandni 2030-yilgacha ekologik barqaror, iqlim o‘zgarishiga moslashgan zamonaviy «yashil shahar»ga aylantirish hamda cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.
Taqdimotda mamlakat hududining qariyb 80 foizi cho‘l va yarim cho‘l hududlaridan iborat ekani, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yerlarning degradatsiyasi ekologik muammolarni kuchaytirayotgani qayd etildi.
Cho‘llanishga qarshi yangi dastur
2026 – 2030-yillarga mo‘ljallangan rejaga ko‘ra, 1,27 mln gektar maydonda o‘rmon barpo etish va qayta tiklash, cho‘l, tog‘ va tog‘oldi hududlarida 16 ming gektar himoya o‘rmonzorlarini yaratish rejalashtirilgan. Surxondaryoda 10 ming gektar yashil qoplamalar tashkil qilish, Sirdaryoda esa 84 kilometrlik «yashil devor» barpo etish taklif qilindi.
Prezident...