Xitoyning Leapmotor kompaniyasi Yevropa bozorida yangi Leapmotor B03X elektr krossoveri uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar berdi.
Leapmotor B03X Yevropada 24,9 ming yevrodan taklif qilinmoqda. Kompaniya modelni zamonaviy texnologiyalar, amaliy funksiyalar va kundalik foydalanish qulayligini birlashtirgan shahar krossoveri sifatida taqdim etmoqda. Yangi avtomobil Leapmotor’ning xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirish strategiyasining muhim qismi hisoblanadi.
O‘lchamlar va dizayn
Elektromobilning uzunligi 4 270 mm, kengligi 1 810 mm, balandligi esa 1 635 mmni tashkil qiladi. G‘ildirak bazasi 2 605 mmga teng. Avtomobilning old qismida trapetsiya shaklidagi pastki havo kirish kanali va tumanga qarshi chiroqlar joylashgan hududlarda qo‘shimcha shamollatish...