17-iyun kuni o‘tkazilgan yangi taqqoslash sinovida Chevrolet Bolt o‘zining asosiy raqiblaridan biri Nissan Leaf ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi.
Car and Driver nashri tomonidan o‘tkazilgan sinovda ikkala elektromobil dizayn, qulaylik, yurish zaxirasi, texnologiya va boshqaruv sifati bo‘yicha solishtirildi. Umumiy natijalarga ko‘ra, Chevrolet Bolt $40 mingdan arzon segmentdagi xaridorlar uchun yaxshiroq taklif sifatida baholandi.
Sinovda Nissan Leaf zamonaviy dizayni va saloni bilan ajralib turgan bo‘lsa-da, Chevrolet Bolt ko‘proq amaliy yondashuv, qulay boshqaruv va klassik interfeys bilan ustunlik qilgani qayd etildi.
Texnik jihatdan Leaf biroz katta batareya va yuqoriroq momentga ega bo‘lsa ham, Bolt yengilroq kuzovi hisobiga...