O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, yon shajara bo‘yicha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi qarindoshlar – tog‘a va amaki, amma va xola hamda ularning jiyanlari, shuningdek, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanishi belgilanmoqda. Shu bilan birga, farzandlikka olingan yoki o‘gay farzand bilan bog‘liq holatlar mustasno etilib, agar nikohlanuvchilar o‘rtasida haqiqatda qarindoshlik darajasi mavjud bo‘lmasa, bunday nikohga ruxsat berilishi mumkin.
Loyihada nikoh yoshini kamaytirish masalasi ham qayta ko‘rib chiqilgan. Homiladorlik yoki bola tug‘ilishi bilan bog‘liq holatlarda nikohga kirishni...