O‘zbekistonda avtotransportlar uchun ekologik stiker berish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Yangi hujjatga ko‘ra, avtomobillarning ekologik toifasi ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilgan ekologik sinf asosida aniqlanadi.
Nizomga muvofiq, benzin hamda siqilgan yoki suyultirilgan gazda yuruvchi transport vositalarida «Yevro-2» va undan yuqori ekologik sinfga mansublari «toza» toifaga kiritiladi. «Yevro-0» va «Yevro-1» sinfidagi avtomobillar esa «o‘rta» ekologik toifaga ajratiladi.
Dizel yoqilg‘ida harakatlanuvchi transportlarda «Yevro-4» va undan yuqori sinf «toza» toifa hisoblanadi. «Yevro-3» darajadagi avtomobillar «o‘rta» toifaga kiritiladi. «Yevro-0», «Yevro-1» va «Yevro-2» sinfidagi dizel avtomobillar esa «zararli» ekologik toifaga mansub bo‘ladi.
Gibrid avtomobillar, muqobil yoqilg‘ida harakatlanuvchi transport vositalari hamda ishlab...