28-mart kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 5–19° iliq, kunduzi 17–30° iliq bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
28-mart kuni O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 5–19° iliq, kunduzi 17–30° iliq bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
1-mart holatiga ko‘ra, fevral oyida banklardagi muammoli kreditlar (NPL) umumiy miqdori 20,3 trln so‘mga oshgan. Bu ko‘rsatkich yanvar oyi bilan solishtirilganda 4,6 foizga foizga, ya’ni qariyb 897 mlrd so‘mga yuqorilagan. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 19,4 trln so‘mni tashkil etgandi.
Jami kreditlardagi NPL ulushi 3,3 foizga oshdi. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 3,2 foizni tashkil qilgan. 1-mart holatiga ko‘ra, banklarning kredit portfeli 613,7 trln so‘mni tashkil qilgan. Yanvar oyiga nisbatan 3,3 trln so‘mga oshgan.
Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami miqdori 14,7 trln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan. Bu yanvar oyiga...
Google o‘zining sun’iy intellekt yordamida ishlovchi «Live Translate» funksiyasini iOS qurilmalari va bir qator yangi mamlakatlarda taqdim etdi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.
Endilikda «Live Translate» funksiyasi iOS va Android qurilmalarida AQSh, Hindiston, Meksika, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Nigeriya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Bangladesh va Tailandda mavjud. Avvalroq bu imkoniyat faqat Android qurilmalarida AQSh, Hindiston va Meksikada ishlagan.
Funksiya foydalanuvchilarga har qanday quloqchindan foydalanib matnlarni real vaqt rejimida eshitish imkonini beradi. Google’ning Gemini sun’iy intellekti yordamida ishlaydigan tizim har bir so‘zlovchining ohangini, urg‘usini va gap ritmini saqlab qoladi, bu esa suhbatni tushunishni va kim nima deyayotganini aniqlashni...
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida qonunga xilof ravishda dorixona tashkil qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, departamentning Qarshi tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro o‘z xonadonida «Tinchlik» MFY hududida qonunga zid ravishda dorixona faoliyati bilan shug‘ullangan.
Tadbir davomida u 340 turdagi, umumiy bahosi 31,2 mln so‘mni tashkil qiluvchi 14 538 dona dori va tibbiyot buyumlari hamda 130 dona «Benzonal» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dorini qonuniy asossiz ravishda saqlab kelgani aniqlandi. Ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan...
Telegram jamoasi Android ilovasining 12.6 beta-versiyasini chiqardi va unda bir nechta yangi funksiyalar paydo bo‘ldi. Bu haqda Rozetked nashri xabar berdi.
Eng diqqatga sazovori sun’iy intellekt (SI) yordamida ishlaydigan matn muharriri, bu foydalanuvchilarga xabarlarni ilova ichida tahrirlash imkonini beradi. Muharrirdan foydalanish uchun kamida uch qator matn yozib, paydo bo‘lgan «AI» tugmasini bosish kifoya.
Muharrir quyidagi rejimlarni taqdim etadi:
Tarjima qilish – matnni turli tillarga tarjima qiladi va oldindan belgilangan uslublarda stil beradi. Stilizatsiya qilish – matnni tanlangan uslubga mos ravishda qayta yozadi. Tuzatish – xatoliklarni aniqlaydi va to‘g‘rilangan variantni taklif qiladi. Emojify – matnga avtomatik tarzda emojilar qo‘shadi (tarjima...FIFA Series turnirining dastlabki uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Gabon ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Hisobda ortda borayotgan mezbonlar uch gol bilan javob berdi.
Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. Birinchi bo‘limning 6-daqiqasida Gabon hisobni ochdi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni raqib futbolchisi Averlant darvozaga joylab qo‘ydi. Javob ham o‘zini ko‘p kuttirmadi. 14-daqiqada Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi.
Ikkinchi taymni Fabio Kannavaro shogirdlari hujumkor boshladi. 59-daqiqada mezbonlar o‘z maqsadiga erishdi. Standart vaziyatdan Jahongir O‘rozov unumli foydalanib, boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Alisher Odilov uchrashuvga nuqta qo‘ydi, hisob – 3:1.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining FIFA Series turniridagi navbatdagi uchrashuvi 30-mart kuni Venesuela termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Xitoy Ta’lim vazirligi o‘quvchilarning ruhiy va jismoniy salomatligini yaxshilashga qaratilgan yangi siyosatni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, maktablarda ortiqcha uy vazifalari berish, tanaffus vaqtlarini qisqartirish hamda o‘quvchilarga haddan tashqari akademik bosim o‘tkazish qat’iyan cheklanadi.
Yangi qoidalarga muvofiq, maktablar endilikda tez-tez imtihonlar tashkil eta olmaydi va o‘quvchilarni saralash maqsadida testlar o‘tkazish taqiqlanadi. Shuningdek, o‘qituvchilarni yuqori natijalar uchun rag‘batlantirish yoki jazolash amaliyotlari ham bekor qilinadi. Bu orqali tizimdagi faqat baho uchun o‘qish yondashuvidan voz kechish ko‘zda tutilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Xitoy maktablarida og‘ir dars yuklamasi o‘quvchilarda uyqusizlik, stress va hatto depressiyaga olib kelmoqda. Shu sababli yangi siyosatda har kuni kamida ikki soat jismoniy...
O‘zbekistonda Xitoyning yirik texnologik kompaniyasi «WhalesBot» bilan hamkorlikda ta’lim robototexnikasi va sun’iy intellekt xabi tashkil etilishi mumkin bilan. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
O‘zbekiston bosh konsuli Rustam Ismoilov Xitoyning yetakchi texnologiya kompaniyasi «WhalesBot» bilan robototexnika va sun’iy intellekt yo‘nalishida hamkorlikni muhokama qildi. Unda ikki tomon robototexnika va sun’iy intellekt sohasidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qildi. Shuningdek, ikki tomonlama sarmoyaviy va ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
«WhalesBot» kompaniyasi ta’lim robototexnikasi va sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, 270 dan ortiq patent va mualliflik huquqlariga ega. Kompaniya mahsulotlari dunyoning qariyb 80 ta mamlakatidagi 30 mingdan ortiq...
Prezident qarori bilan Serbiya bilan imzolangan bir qator xalqaro bitimlar rasmiy ravishda tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qaror bilan 2025-yil 28-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston va Serbiya hukumatlari o‘rtasidagi ikki muhim bitim tasdiqlandi. Ulardan biri investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim, ikkinchisi esa iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimdir.
Qarorga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro bitimlarni amalga oshirish uchun vakolatli organ etib belgilandi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlari shartnomalar kuchga kirgach, ularning qoidalari ijrosi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Ozarbayjon investitsiya bitimi...
Dunyodagi yetakchi striming xizmatlaridan biri Netflix obuna narxlarini yana oshirganini ma’lum qildi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.
Kompaniyaning reklama bilan taqdim etiladigan eng arzon rejasi endi oyiga $8,99 ni tashkil qiladi (avval $7,99 edi). Reklamasiz standart tarif narxi $19,99 ga yetdi ($17,99 edi), premium tarif esa $2 ga oshirilib, oyiga $26,99 etib belgilandi.
Shuningdek, joriy hisobga qo‘shimcha foydalanuvchi qo‘shish narxlari ham o‘zgartirildi. Reklama mavjud rejaga qo‘shimcha foydalanuvchi qo‘shish $6,99 ni tashkil etsa, reklamasiz rejada bu xizmat narxi $9,99 ga yetgan.
Kompaniya ushbu o‘zgarishlarni xizmat sifati va kontentlar xilma-xilligini oshirish bilan izohlagan. Yangi narxlar 26-martdan boshlab yangi...
Xiaomi Hindiston bozorida yangi arzon smartfoni Redmi 15A modelini rasman taqdim etdi. Qurilma kompaniyaning eng hamyonbop variantlaridan biri bo‘lib, boshlang‘ich narxi $137 ni tashkil etadi. Bu haqda kompaniya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Smartfon 4/64 GB konfiguratsiyada $137 dan taklif etilmoqda, shuningdek 4/128 GB versiyasi $153, 6/128 GB varianti esa $174 etib belgilangan.
Redmi 15A 120 Gts yangilanish chastotasiga ega HD+ IPS displey bilan jihozlangan bo‘lib, maksimal yorqinligi 810 nitga yetadi. Kameralar tizimi ham kundalik foydalanish uchun yetarli: asosiy modul 32 MP, old kamera esa 8 MP.
Qurilma Unisoc T8300 protsessori asosida ishlaydi va Android 16 operatsion tizimi...
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi investitsiya jamg‘armasi bitimiga o‘zgartirishlar tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida investitsiya jamg‘armasini tashkil etishga doir bitimga kiritilgan o‘zgartirishlar tasdiqlandi.
Gap 2023-yil 24-fevralidagi O‘zbekiston – Ozarbayjon investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma haqida ketmoqda. Ushbu hujjat 2023-yil 18-iyul kuni Ozarbayjonning Shusha shahrida imzolangan edi.
Qarorga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga shartnoma...
General Motors yangi avtonom boshqaruv tizimini real sharoitda sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Electriccarsreport nashri xabar berdi.
Sinovlar Kaliforniya va Michigan shtatlaridagi umumiy foydalanish yo‘llarida olib borilmoqda va bu kompaniya uchun muhim bosqich hisoblanadi.
Dastur doirasida 200 dan ortiq avtomobil jalb etilgan bo‘lib, ularning har biri yangi tizim bilan jihozlangan va xavfsizlik uchun maxsus haydovchilar nazoratida harakatlanmoqda. Texnologiya millionlab kilometr real haydash ma’lumotlari asosida o‘qitilgan, shuningdek, murakkab holatlarni tekshirish uchun simulyatsiyalarda ham sinovdan o‘tkazilgan.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu loyiha doirasida allaqachon AQShning 34 shtatida 1 million kilometrdan ortiq ma’lumot to‘plangan. Bu ma’lumotlar keyingi bosqichda tizimni yanada takomillashtirish va real...
O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi va samarali himoyasini ta’minlashga qaratilgan qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, shaxslarning biometrik ma’lumotlari, genetik ma’lumotlari hamda mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan telekommunikatsiya operatorlaridagi jismoniy shaxslar xizmatlaridan foydalanuvchi ma’lumotlari kabi shaxsga doir ma’lumotlar faqat O‘zbekiston hududida saqlanishi shart.
Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilmagan shaxsga doir ma’lumotlar faqatgina quyidagi shartlardan biri bajarilganda O‘zbekiston tashqarisida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin:
ma’lumotlar saqlanishi uchun xorijiy davlatni bir xil himoya darajasi mavjud deb tan olishi; operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlagan standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya...Polsha kompaniyalari turli sohalar uchun 3600 dan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga jalb etishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Polsha kompaniyalari o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga jalb qilishga katta qiziqish bildirmoqda. Varshavada o‘tkazilgan taqdimotda 20 dan ortiq yirik rekruyting va ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida Polsha tomoni real ehtiyojlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, logistika sohasida 2ming nafar, xizmat ko‘rsatishda 800 nafar, sanoatda 600 nafar hamda qurilishda 200 nafar ishchi kerakligi bildirildi. Umumiy hisobda 3,6 mingga yaqin mutaxassisni ish bilan ta’minlash imkoniyati mavjud.
Tadbirda qatnashgan kompaniyalar O‘zbekistonni istiqbolli hamkor sifatida baholab, mamlakatdan ishchi kuchini...
28 – 29-mart kunlari 20 ta tijorat bankida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari xizmatlari koʻrsatiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari quyidagi banklarda faoliyat yuritadi. Havolaga bosish orqali faoliyat yuritayotgan bank manzilini topish mumkin:
Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Buxoro viloyatidagi zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurib, yengil sanoatdagi imkoniyatlar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari Merganteks paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi Nigora fabrikasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. $35 millionlik loyiha asosida tashkil etilgan korxonada paxtani qayta ishlashdan tortib, tayyor kiyim ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq sikl yo‘lga qo‘yilgan.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar «Shoyigul» brendi ostida Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. Xususan, Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniya bozorlariga yetkazib berilmoqda. Hozirda bu yerda 800 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan.
Fabrikada Xitoy, Germaniya va Belgiyadan olib kelingan zamonaviy uskunalar...
2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda jami 576,8 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi mazkur korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimotini ma’lum qildi.
Eng ko‘p korxonalar savdo sohasida faoliyat yuritib, 156 796 ta korxona bilan O‘zbekiston korxonalari orasida umumiy sonning taxminan 27 foizini tashkil etadi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 32,6 foizini tashkil qilgan edi.
127 071 ta korxona qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida faol, sanoat sohasida 61 062 ta korxona ishlamoqda. Qurilish sohasida 31 372 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 31 350 ta korxona mavjud.
Shuningdek, tashish va saqlash sohasida 17 737 ta, sog‘liqni...
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noqonuniy dorivor vositalar tayyorlanadigan yashirin laboratoriya aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Sergeli tumanida aniqlangan narkolaboratoriya faoliyati to‘xtatildi. Aniqlanishicha, 2003-yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi shaxs ko‘p qavatli uydagi xonadonni ijaraga olib, laboratoriya tashkil qilgan.
Tadbir davomida laboratoriyadan jami qiymati 4,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 3,5 kg «Pregabalin» kuchli ta’sir qiluvchi modda, 20 litr suyuq va 25 kg kukun ko‘rinishidagi prekursorlar hamda ularni tayyorlash va qadoqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Shuningdek, laboratoriyada kimyogar sifatida ishlovchi yana bir chinozlik fuqaro ham ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar...
«UzAuto Motors» AJ tomonidan ishlab chiqarilishi boshlangan yangi Damas 3 (Chevrolet Damas Move) avtomobili aslida bir nechta davlatlarda turlicha nom bilan sotiladi. «Kursiv» Meksika bozorida Chevrolet Tornado Van 2026 ((Chevrolet Damas Move) nomi ostida sotilayotgan modelning texnik imkoniyatlarini o‘rganadi.
Model tashqi tomondan minimalistik dizaynga ega bo‘lsa-da, uning asosiy ustunligi funksionalligida. Avtomobil ichki qismi oddiy, lekin kundalik foydalanish uchun yetarli darajada qulay. Rul uch shoxli va plastik bilan qoplangan bo‘lib, sozlanmaydi. Salon esa ikki o‘rindiqli, amaliy va ortiqcha elementlarsiz ishlab chiqilgan.
Texnik jihatdan Tornado Van 2026 1,5 litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan. U 103 ot kuchi...
Vivo kompaniyasi o‘rta narx segmentidagi yangi T5 Pro smartfonini aprel oyida taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Smartfon 9020 mA/soat quvvatga ega katta batareya bilan jihozlangan bo‘lib, 90 Vt quvvatdagi tezkor simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma 6,8 dyuymli AMOLED-ekran bilan ta’minlangan bo‘lib, 1,5K aniqlik va 144 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Vivo T5 Pro Qualcomm Snapdragon 7s Gen 4 platformasida ishlaydi. Ushbu protsessor kundalik ko‘p vazifali ishlash va oddiy o‘yinlar uchun yetarli quvvatga ega. Qurilma bir nechta ranglarda, jumladan, «Moviy muzlik» va «Kosmik qora» rang variantlarida taqdim etiladi.
Smartfonda 50 megapikselli Sony IMX882 asosiy kamera o‘rnatilgan bo‘lib...
O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi kunlarda keskin emas, ammo o‘zgaruvchan dinamikani namoyish etdi. «Kursiv» nashri AQSh valyutasining hafta davomidagi o‘zgarishini o‘rgandi.
24-mart kuni AQSh valyutasi 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga yetdi. Keyingi kun, 25-martda ham o‘sish davom etdi. Dollar yana 3,94 so‘mga qimmatlashib, 12 196,00 so‘mni tashkil etdi. Shundan so‘ng bozorda qisqa muddatli pasayish kuzatildi.
26-mart kuni dollar kursi 24,39 so‘mga tushib, 12 171,61 so‘mgacha pasaydi. Bu haftadagi eng katta pasayishlardan biri bo‘ldi. 27-martga kelib esa kurs yana tiklana boshladi. Dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘m darajasida shakllandi. Umuman olganda dollar kursi hafta davomida...
Epshteyn jinoyatlaridan jabr ko‘rgan shaxslar guruhi shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilingani sababli payshanba kuni Tramp ma’muriyati va Google kompaniyasini sudga berdi. Jamoaviy da’voda maxfiy hujjatlar e’lon qilinishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash so‘ralgan.
AQSh Adliya vazirligi tezkorlikni qurbonlar maxfiyligidan ustun qo‘ygani oqibatida 100 ga yaqin jabrlanuvchilarning shaxsi fosh bo‘lgan. Garchi hukumat keyinchalik bu ma’lumotlarni tahrirlab o‘chirgan bo‘lsa-da, Google qidiruv natijalari va sun’iy intellekt orqali ularni ko‘rsatishda davom etmoqda. Da’vogarlar Google kompaniyasi ma’lumotlarni o‘chirish texnologiyasiga ega bo‘lsa ham, qurbonlarning bu boradagi so‘rovlarini rad etganini ta’kidlamoqda.
Jabrlanuvchilarga ko‘ra, ma’lumotlar ochiqlanishi oqibatida ular notanish odamlardan tahdidlar olgan va Jeffri Epshteyn bilan til biriktirganlikda asossiz...
30-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 15,63 so‘mga oshib, 12 195,50 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga, 25-mart kuni esa 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mga, 26-mart kuni esa 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mga yetdi. 27-mart kuni esa dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘mni tashkil qilgan edi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 30,71 so‘mga tushib, 14 049,22 so‘mni, rubl esa 1,19 so‘mga...