Realme yaqin kunlarda o‘zining yangi Realme 16 Pro+ 5G smartfonini taqdim etadi. Gizmochian ma’lumotiga ko‘ra, model RMX5131 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan.
Xotira variantlari 8 GB dan 12 GB gacha, doimiy xotira esa 128 GB dan 512 GB gacha bo‘ladi.
TENAA bazasida paydo bo‘lgan Realme 16 Pro ma’lumotlaridan kelib chiqilsa, Realme 16 Pro+ 5G ko‘plab texnik xususiyatlarini ushbu modeldan oladi. Farqi shundaki, yuqori versiya to‘liq 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon 6,78 dyuymli 1,5K OLED displeyga ega bo‘lishi, 144 Hz yangilanish tezligida ishlashi kutilmoqda. Asosiy kamera 200 megapiksel modulga ega bo‘ladi, yordamchi kamera 8 megapiksel, old kamera esa 50 megapiksel bo‘lishi aytilmoqda.