Labubu va Pop Mart kompaniyasi asoschisi Van Ning Bloomberg Billionaires Index ma’lumotiga ko‘ra dunyoning eng boy 100 kishisi ro‘yxatida 85-o‘rinni egalladi.
38 yoshli tadbirkor bir yil ichida o‘z aktivlarini deyarli $20 mlrdga oshirib, umumiy boyligini $26,6 mlrdga yetkazdi. Bu o‘sish uni jahondagi eng nufuzli milliarderlar reytingiga olib kirdi.
Van Ningning asosiy daromad manbai Xitoyning blind box segmentida yetakchi bo‘lgan Pop Mart kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya kolleksion figuralar ishlab chiqaradi va xaridor qaysi versiyani olishini oldindan bilmaydi. Aynan Labubu qahramoni Pop Martni butun dunyoga mashhur qildi.
Bloomberg ta’kidlashicha, Pop Mart aksiyalarining keskin o‘sishi Van Ning boyligining asosiy drayveriga aylandi. Shu orqali...