«O‘zgidromet» 29 – 30-iyun hamda 1 – 3-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan haftadagi juda issiq ob-havodan so‘ng ushbu ish haftasida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati pasayadi.
Hafta davomida respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30–35 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Janubiy hududlarda harorat 37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
30-iyun kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
1-iyulda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
2-iyulda markaziy viloyatlarning asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, 3-iyulda...