Prezident farmoni bilan 2027-yil 1-maydan milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga transplantatsiya amaliyotlarini o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Bunda xususiy klinikalar inson a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish bo‘yicha belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishi shart bo‘ladi. Ushbu talablar tibbiy faoliyat litsenziyasining asosiy shartlaridan biri etib belgilanadi.
Shuningdek, transplantatsiya bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyati «xavfni tahlil qilish» tizimida yuqori xavfli faoliyat sifatida baholanadi.
Farmonga ko‘ra, transplantatsiya amaliyoti o‘tkazilgan bemorlar va donorlar haqidagi ma’lumotlar muntazam ravishda Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etib boriladi.
Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida tajriba tariqasida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari binolarini qurish...