7-may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 20–40°, kechasi esa 10–22° oralig‘ida bo‘ladi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
7-may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 20–40°, kechasi esa 10–22° oralig‘ida bo‘ladi, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet».
Quyida ob-havo prognozi viloyatlar kesimida:
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda 2025-yili amalga oshirilgan ishlar va 2026-yildagi vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Unda JSTga a’zolikni yakunlash va muzokaralarni tugatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
O‘tgan yilda JSTga a’zolik bo‘yicha ishchi guruhning ikki yig‘ilishi o‘tkazilib, 200 dan ortiq savollarga javoblar hamda 30 dan ziyod tashqi savdoga oid hujjatlar tashkilot a’zolariga taqdim etildi. Shuningdek, ikki tomonlama muzokaralar doirasida 40 dan ortiq raund o‘tkazildi va 2025-yilda 11 ta davlat bilan muzokaralar yakunlandi. Shu bilan JST doirasida kelishuvga erishgan davlatlar soni 33 taga yetdi.
2025-yilda 68 ta qonunchilik hujjati JST talablari va xalqaro me’yorlarga uyg‘unlashtirildi. Xususan...
Kursiv Uzbekistan 6-may kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.
Toshkent «Brodveyi» — Sayilgoh ko‘chasi va unga tutash hududlarni kompleks yangilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Loyiha doirasida Sayilgoh ko‘chasi, xiyobonlar, yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari va boshqa infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinadi.
Toshkent hokimligi ma’lum qilishicha, loyihada piyodalar yo‘laklari va qoplamalari yangilanadi, yoritish tizimi modernizatsiya qilinadi, favvoralar ta’mirlanadi hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, yangi o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va boshqa kichik infratuzilma elementlari o‘rnatiladi. Videokuzatuv tizimlari ham joriy qilinadi. Hududdagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanadi, reklama va peshlavhalar...
Joriy yilning ilk uch oyida TBC Uzbekistan operatsion daromadi 700 mlrd so‘mga, sof foydasi esa 93 mlrd so‘mga yetdi. Bu haqda ekotizimning 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi (hisobot Kursiv Uzbekistan’da mavjud).
Hisobotga ko‘ra, TBC Bank, payme, TBC BNPL, TBC Sug‘urta va BILLZni birlashtirgan ekotizim mijozlar bazasi va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli o‘sishga erishgan. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 24,2 mlnga yetib, o‘tgan yildagiga nisbatan 23 foizga oshgan. To‘lovlar hajmi esa 31,8 trln so‘mni tashkil etgan, o‘sish – 31,1 foiz. Depozit portfeli 7,1 trln so‘mga, kredit portfeli esa 10,4 trln so‘mga yetgan.
Chakana yo‘nalishda TBC Salom kartasi tez...
Honor kompaniyasi yangi Play 11 Plus smartfonini rasmiy ravishda taqdim etdi va sotuvga chiqardi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Yangi model 6,6 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, uning aniqligi 2600 × 1200 pikselni tashkil etadi. Ekranning maksimal yorqinligi 6500 nitgacha yetadi, 3840 Gts PWM chastotasi esa displeyning ko‘zga seziladigan miltillashini kamaytiradi.
Smartfon Dimensity 6500 Elite protsessori asosida ishlaydi va 8/256 GB xotira konfiguratsiyasida taqdim etilgan. Qurilma 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, MagicOS 10 (Android 16 asosida) tizimida ishlaydi. Shuningdek, unda YOYO SI yordamchisi, SI-yozuvlar, tarjima vositalari va tizim optimizatsiyalari kabi imkoniyatlar mavjud.
Kamera tizimi...
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan chiqarish tartibi tasdiqlandi. Unda yangi manzilga kelgan fuqarolarning 10 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.
Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda ichki ishlar organlarining migratsiya va personalizatsiya bo‘linmalari vakolatli organ hisoblanadi. Fuqaroni yashash yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish mulkdor va fuqaroning ishtirokida amalga oshiriladi hamda ularning roziligi «Face-ID» yoki «Mobile-ID» tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Nizomga muvofiq, bir nechta uy yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor faqat bittasiga yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. 18 yoshga to‘lmagan fuqarolar esa ota-onasi yoki ularning biri yoxud vasiy (homiy) ro‘yxatdan o‘tgan manzilda yashash joyi...
Shavkat Mirziyoyev qurilish obyektlari ustidan nazoratni kuchaytirish va noqonuniy qurilishlarning oldini olishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi. Unda sohadagi xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yirik qurilish maydonlariga kuzatuv kameralari o‘rnatilishi ma’lum qilindi.
Amaliyotda qurilish maydonlariga kuzatuv kameralarini majburiy o‘rnatish tizimi hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Shu bois birinchi bosqichda qiymati 3 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan ijtimoiy obyektlar, ko‘p qavatli uylar, yirik savdo va sanoat inshootlari, mehmonxona hamda turizm majmualariga kameralar o‘rnatish taklif etildi.
Bu tizim orqali qurilish jarayonida loyihadan chetga chiqish holatlarini erta aniqlash, ishchilar hisobini aniq yuritish, mehnat xavfsizligini nazorat qilish hamda yashirin iqtisodiyot va «konvert» usulidagi norasmiy to‘lovlarni...
Prezident qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida byurokratiyani qisqartirish, nazorat tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi. Unda qurilish obyektlari ustidan nazoratni raqamlashtirish va inson omilini qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qurilish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aholi uchun zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy obyektlar va qulay infratuzilma yaratishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, yangi qurilishlar xavfsiz, sifatli hamda shaharsozlik va ekologik talablariga mos bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Taqdimotda qayd etilishicha, qurilishni boshlash uchun hozirda 8 ta hujjat talab etiladi va ruxsat olish jarayoni 3 oydan 12 oygacha cho‘zilishi mumkin. Shu sababli 2 ta hujjatni bekor qilish, yana 2 tasini esa...
Casio kompaniyasi AQSh bozorida G-Shock soatlari uchun yangi Electro Green dizayn kolleksiyasini rasman taqdim qildi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Yangi seriya beshta modeldan iborat bo‘lib, ularning barchasi yangilangan dizayn bilan ajralib turadi. Soatlarda mat qora korpus va bilaguzuk neonga yaqin yashil rangdagi elementlar mavjud. Shuningdek, qoraytirilgan LCD displey yashil yoritish tizimi bilan jihozlangan. Modellarning narxi $110 dan boshlanib, $180 gacha yetadi.
Seriyadagi eng yuqori model GA-B010BEG-1A bo‘lib, uning narxi $180 ni tashkil etadi. Ushbu model Tough Solar texnologiyasi, Bluetooth ulanishi va Casio mobil ilovasi orqali smartfon bilan sinxronlash imkoniyatiga ega. U telefonni topish funksiyasi hamda turli...
2026-yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekistonda 9,6 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 15 foiz kamdir.
Gaz eksporti ham sezilarli qisqargan. Birinchi chorak yakunida eksport hajmi $36,7 mlnni tashkil etdi. Bu o‘tgan yildagiga qaraganda 61 foizga past ko‘rsatkich. Shu bilan birga, gaz importi keskin oshib, $360,5 mlnga yetdi. Natijada import hajmi 2,2 barobar ko‘paygan.
Hisobot davrida neft qazib olish ham pasaydi. Ko‘rsatkich 160,8 ming tonnadan 157,3 ming tonnagacha tushib, 1,8 foiz kamaygan. Gaz kondensati ishlab chiqarish esa 296,6 ming tonnadan 242,3 ming tonnagacha qisqarib, 18,3 foizga kamaydi.
2026-yil 6-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 60 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, poytaxtda 28 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan. Shuningdek, Toshkent viloyatida 11 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 3 nafardan istiqomat qilmoqda.
Qolgan hududlarda bu ko‘rsatkich nisbatan kam. Jumladan, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 2 nafardan, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 1 nafardan urush qatnashchilari mavjud. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida esa bunday toifadagi fuqarolar qayd etilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, toifalar kesimida 14 nafari...
Navoiy viloyatining Nurota tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir nechta voyaga yetmagan bolalalar jarohatlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, hodisa 5-may kuni «Yangi hayot» MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi yo‘lning 8 – 9-kilometr oralig‘ida yuz bergan. 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi Matiz rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Tajribasizlik va chalg‘ish oqibatida u rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketgan va transport vositasi ag‘darilgan.
Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan 14 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi esa turli...
AQSh va Eron o‘rtasidagi urushni yakunlash hamda yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarga asos yaratuvchi memorandum imzolanishi arafasida turibdi. Bu haqda Axios nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.
14 banddan iborat memorandum loyihasi AQSh maxsus vakillari Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner tomonidan Eron rasmiylari bilan kelishilmoqda. Hujjatda urushni to‘xtatish, Hormuz bo‘g‘ozini ochish, sanksiyalarni bekor qilish va Eron bandargohlari qamalini olib tashlash bo‘yicha 30 kunlik muzokaralar boshlanishi nazarda tutilgan.
Muzokaralar Islomobod yoki Jenevada o‘tkazilishi kutilmoqda va jarayon to‘xtab qolsa, AQSh harbiy harakatlarni qayta tiklash huquqini saqlab qoladi. Kelishuvga ko‘ra, Eron yadro qurolidan voz kechishi, yuqori darajada boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqishi va BMTning...
O‘zbekistonlik bir guruh vatandoshlar Eron hududidan Turkmaniston orqali tranzit tarzda vatanga olib kelindi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Ashxobod va Tehron shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalar Turkmaniston idoralari bilan hamkorlikda barcha tashkiliy masalalarni qisqa muddatda hal qilgan. Natijada 41 nafar fuqaro chegaradagi maxsus punktlarda kutib olinib, ularning xavfsiz ravishda uyiga yetib kelishi ta’minlangan.
Rasmiylar ta’kidlashicha, xorijdagi har bir O‘zbekiston fuqarosining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri AQShdan 26 nafar o‘zbekistonlik vatanga deportatsiya qilingani haqida yozgandi.
Germaniyada transport va logistika sohasida malakali mutaxassislar uchun yangi ish imkoniyatlari e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
«Talantum Group xususiy bandlik agentligi» ma’lumotiga ko‘ra, Germaniyaning Myunxen shahrida uzoq muddatli mehnat shartnomasi asosida ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Loyihaga muvofiq, jami 50 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud. Taklif etilayotgan lavozimlar orasida lokomotiv mashinisti, xom-ashyo yuklash operatori hamda ombor logistika xodimi kabi yo‘nalishlar bor. Oylik maosh 2 – 3 ming yevro miqdorida belgilangan.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar orasida 20 – 45 yosh oralig‘i, soha bo‘yicha o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot hamda ish tajribasi mavjud bo‘lishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, nemis tilini «A...
7-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi yana 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollar 30-aprel kuni 54,41 so‘mga tushib, 11 974,79 so‘mni, 1-may kuni esa yana 37,19 so‘mga tushib, 11 937,60 so‘mga tenglashdi. So‘ng kurs ko‘tarildi. 4-may kuni dollar 15,13 so‘mga oshib, 11 952,73 so‘mni, 5-may kuni 40,8 so‘mga oshib, 11 993,53 so‘mni va 6-may kuni yana 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 147,17 so‘mga oshib, 14 218,67 so‘mni, rubl esa...
Janubiy Koreyada Samsung kompaniyasining marhum rahbari Li Kun Xi oilasi rekord miqdordagi meros solig‘ini to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ular umumiy hisobda qariyb 12 trillion von, ya’ni taxminan $8 milliard miqdorida soliq to‘lagan.
Li Kun Xi 2020-yilda vafot etganidan so‘ng uning aktivlari 26 trillion von ($17,8 milliard) atrofida baholangan. Ushbu meros tarkibiga aksiyalar, ko‘chmas mulk hamda qimmatbaho san’at asarlari kirgan. Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, meros solig‘i stavkasi juda yuqori bo‘lib, ayrim hollarda mulkning qariyb yarmigacha yetadi.
Shu sababli oilaga soliqni to‘liq to‘lash uchun 6 yil muddat berilgan. Ushbu davr mobaynida ular davlatga san’at...
O‘zbekistonda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoidalari buzilishi haqida xabar bergan fuqarolarni rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
2026-yil 1-avgustdan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektlari va texnik qurilmalardan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar haqida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga foto va (yoki) videomateriallar orqali xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur tartib orqali murojaat qilgan shaxslarni rag‘batlantirish ham nazarda tutilgan.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, taqdim etiladigan materiallarda huquqbuzarlikning mohiyati, sodir etilgan manzil (geolokatsiya), sana va vaqt aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Bu talablar kelib tushgan ma’lumotlarni tezkor va aniq ko‘rib chiqish imkonini beradi.
Axborot tizimi orqali...
Telegram asoschisi Pavel Durovning bayonotidan so‘ng Toncoin kriptovalyutasi narxi ikki kun ichida 53 foizga oshib, $2 ga yetdi. Bu haqda CoinMarketCap xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Toncoin kapitalizatsiya bo‘yicha dunyodagi eng yirik 20 ta kriptovalyuta qatoriga kirib, 18-o‘rinni egalladi.
Kriptovalyutaning kunlik savdo hajmi $120 mln dan $929 mlngacha oshgan. Bozor qiymati esa $5,4 mlrdni tashkil qilmoqda.
$2 narx Toncoin uchun so‘nggi besh oydagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Oxirgi marta bunday narx 2025-yil noyabr oyida qayd etilgan edi.
Pavel Durov 4-may kuni TON tarmog‘idagi komissiyalar deyarli nol darajagacha tushganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, bu ekotizim rivojlanishining yangi bosqichini boshlaydi.
Shuningdek...
O‘zbekistondagi oliy ma’lumotli hamshiralarga Milan shahrida ishlash uchun yangi dastur e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Dasturga ko‘ra, nomzodlar avvalo Perugia universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan italyan tili kurslarida tahsil oladi. Ta’lim jarayoni onlayn shaklda 7 oy davom etadi va ishtirokchilar uchun qulay jadval asosida olib boriladi. Muhimi, o‘qish xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplanadi.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar Italiyada tibbiyot sohasida ish bilan ta’minlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ish haqi o‘rtacha 1800 yevroni tashkil qiladi. Dastur allaqachon ishga tushirilgan bo‘lib, dastlabki qatnashchilar Yevropa tibbiyot standartlari asosida bilim va ko‘nikmalarni egallashga kirishgan.
Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonlik shifokor va quruvchilar Saudiya...
Qatar Airways’da ishlash uchun 65 nafar o‘zbekistonlik tanlab olinadi. Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi vakillari Doha shahrida mehnat migratsiyasi bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi.
Qatar mehnat vaziri Ali bin Saeed bilan muzokaralarda tibbiyot, turizm, aviatsiya va axborot texnologiyalari sohalarida talab yuqori ekani muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda Qatar standartlari asosida maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Qatar Bandlik va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillarining O‘zbekistonga tashrifi, idoralararo ishchi guruh tuzish hamda tibbiyot xodimlarini tayyorlash bo‘yicha maxsus dastur yaratishga kelishildi.
Qatar davlat bandlik tashkiloti – Jusour bilan muzokaralarda esa 2026-yil sentabr oyida Toshkentda «O‘zbekiston — Qatar...
Janubiy Koreyada mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi, sobiq birinchi xonim Kim Kon Xi bilan bog‘liq sud ishini ko‘rgan sudya o‘lik holda topildi. Bu haqda CNA nashri xabar berdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Seul yuqori sudida faoliyat yuritgan sudya Shin Jong-o 6-may kuni tungi soat taxminan 01:00 atrofida sud binosida hushsiz holda topilgan. U zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning vafot etganini aytgan.
Huquq-tartibot idoralari vakillari o‘limda zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmaganini ma’lum qildi. Mahalliy OAV sudya tomonidan o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq xat qoldirilgani haqida xabar bergan bo‘lsa-da, tergovchi bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Ma’lumot uchun, sudya Shin Jong-o o‘tgan oy...
Osiyo taraqqiyot banki va ACWA Power tomonidan Buxoro viloyatida quvvati 300 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish uchun jami $116 million ajratiladi. Bu haqda bankning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Moliyalashtirish paketi bir nechta manbadan shakllantiriladi, Jumladan, OTB tomonidan ajratiladigan kreditlar, tijorat banklari mablag‘lari hamda infratuzilmani rivojlantirish fondi hissasi. Bank loyiha doirasida nafaqat investor, balki ekologik va ijtimoiy standartlar bo‘yicha ham muvofiqlashtiruvchi sifatida ishtirok etadi.
Bash-2 deb nomlangan ushbu loyiha avval amalga oshirilgan shamol energetikasi dasturining davomi bo‘ladi. Stansiya tarkibiga 39 ta zamonaviy shamol turbinalari kiradi, ularning har biri yuqori quvvatda elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Shuningdek, yangi podstansiya...
Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 50 ming gektarlik hududda pista plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2026 – 2036-yillar davomida tumanda jami 50 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari tashkil etish rejalashtirilgan. Joriy yilning o‘zida 5 ming gektar maydonda intensiv plantatsiyalar barpo qilish, suv ta’minoti infratuzilmasini yaratish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutilgan. Bahorgi mavsumda esa 252 gektarda ko‘chatdan, 290 gektarda urug‘dan pista ekilgan.
Loyihaning dastlabki bosqichida 500 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agrotexnik talablar asosida pista daraxtlari 6-7 yilda hosilga...