2-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 084,10 so‘m (+16,34 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 24-sentabrda 12 171,03 so‘m etib belgilangan kurs bir kunda 92,74 so‘mga tushdi. 25-sentabrda esa qisqa muddatli o‘sish qayd etilib, 12 219,08 so‘mga ko‘tarildi.
26-sentabrda yana pasayish kuzatilib, dollar 12 199,71 so‘mni tashkil etdi. 29-sentabrda kurs 61,04 so‘mga arzonlashib, 12 138,67 so‘mga tushdi. 30-sentabrda esa pasayish davom etdi va 12 067,76 so‘m qilib belgilandi.
Jadval:
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 56,61 so‘mga oshib, 14 197,61 so‘mni...