Google kompaniyasi Google tarjimon ilovasiga muhim yangilanish kiritdi. Endi xizmat nutqni real vaqt rejimida tarjima qila oladi.
Bu imkoniyat xorijda ma’ruza tinglash, jonli suhbatlarni tushunish yoki film va seriallarni asl tilida tomosha qilishni ancha osonlashtiradi. Foydalanuvchiga quloqchin taqib, ilovadagi Live Translate rejimini yoqish kifoya.
Yangi funksiya Gemini sun’iy intellekt modellari asosida ishlaydi. Tarjima jarayonida nafaqat aytilgan mazmun, balki nutq ohangi, pauzalar va urg‘ular ham hisobga olinadi.
Yangilanish uchta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi. Birinchidan, matn tarjimasi sifati sezilarli yaxshilandi: so‘zlashuv uslubi va murakkab iboralar endi kontekst asosida tarjima qilinadi. Bu imkoniyat hozircha AQSh va Hindistonda ingliz tilidan qariyb...