Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Bu haqda 6 mart kuni Nyu-Yorkda O‘zR’ning BMTdagi Doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va uning Belizdagi hamkasbi Karlos Fuller tomonidan kommyunike imzolandi.
Markaziy Amerikadagi Beliz davlati 1981-yil 21-sentabrda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi. 1973-yilgacha u Britaniya Gondurasi deb nomlangan.
2021-yilda Beliz yalpi ichki mahsuloti $2,5 mlrd, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti esa $6,2 ming baholangan.Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda Belizda 419,1 ming kishi istiqomat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Beliz Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlaka va dominionlarini birlashtirgan Millatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kiradi. Avstraliya, Hindiston va Pokiston ham ushbu tashkilotga a’zo.