Uzum kompaniyasi vakillari Dushanbeda boʻlib oʻtgan Jahon bankining Elevating global access through e-commerce in Tajikistan konferensiyasida ishtirok etdi.
Anjumanda 19 davlatdan Jahon banki, e-commerce,, davlat idoralari, moliya-bank xizmatlari va logistika kompaniyalari mutaxassislari ham ishtirok etdi.
Uzum kompaniyasining strategik va biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Nikolay Seleznev oʻz nutqida yaqin besh yil ichida KPMG auditorlik kompaniyasi prognozlariga koʻra, Oʻzbekistonda elektron tijorat yetti barobar oʻsishini taʼkidladi.
«Bizning platformamiz 2023-yilda yiliga 23 baravar oʻsdi. Bu mamlakatda onlayn savdoga boʻlgan talabning yuqoriligidan dalolat beradi. Ishonchim komilki, bizning tajribamiz va Tojikistondagi tadbirkorlar bilan faol muloqot olib borayotgan Uzum market sotuvchilari tajribasi mamlakatda onlayn savdoni rivojlantirish uchun...