Chevrolet Cobalt avtomobili Qozog‘istondagi murakkab tog‘ yo‘lida sinovdan o‘tkazildi. Avtobloger Dias Valixan Cobalt’ni Olmaota viloyatidagi «Tosh darvoza» yo‘nalishida tekshirib ko‘rdi.
Sinovdan oldin avtomobilga maxsus o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga lift-komplekt, kattaroq off-road shinalar, kuchaytirilgan bamper va qo‘shimcha chiroqlar o‘rnatilgan.
Shuningdek, kuzov mat yashil rangdagi himoya plyonkasi bilan qoplangan. Blogerning aytishicha, avtomobilni sinovga tayyorlash uchun qariyb 2,5 mln tenge ($5,1 ming) sarflangan.
Natijada dvigatel himoyasi ostidagi klirens 21 smga, avtomobilning o‘rta qismi balandligi esa 24 smga yetgan.
Dvigatel esa o‘zgartirilmagan. Cobalt 1,5 litrli atmosfera motori va olti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan harakatlangan. Mashina toshli yo‘llar, qiyaliklar va tor qoyali hududlardan o‘tgan...