O‘zbekistonda har sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi saqlash tizimlari hisobidan qoplanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 3930 MVt bo‘lgan 15 ta quyosh elektr stansiyasi ishlamoqda. Shuningdek, umumiy quvvati 1652 MVt bo‘lgan 5 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilgan. Joriy yil boshidan buyon ushbu stansiyalar tomonidan 4 mlrd kVt/soatdan ortiq «yashil» elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Qayta tiklanuvchi energiya ulushining ortishi energiya saqlash tizimlariga ehtiyojni ham oshirmoqda. Chunki quyosh elektr stansiyalari, asosan, kunduzgi vaqtda ishlaydi. Shamol elektr stansiyalari esa tabiiy sharoitga bog‘liq holda energiya ishlab chiqaradi.
Energiya saqlash tizimlari ortiqcha elektr energiyasini jamg‘arish imkonini beradi. Keyin...