Samsung Galaxy M36 smartfoni uchun One UI 8.5 yangilanishini tarqata boshladi. Yangilanish hozircha Janubiy Koreyada mavjud, deya xabar berdi Sammobile.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, ushbu model mamlakatda Galaxy Jump 4 nomi bilan sotiladi. One UI 8.5 Android 16 operatsion tizimiga asoslangan. Galaxy M36 uchun yangilanish M366KKSU5CZE3 firmware versiyasi bilan tarqatilmoqda.
Yangilanish hajmi qariyb 3 GBni tashkil qiladi. U may 2026 xavfsizlik paketini ham o‘z ichiga oladi. Bu paket smartfon xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan. Shuningdek, One UI 8.5 telefon uchun yangi va takomillashtirilgan funksiyalarni olib keladi.
Samsung yaqin kunlarda yangilanishni boshqa mamlakatlar va bozorlar uchun ham chiqarishi kutilmoqda. Janubiy Koreyadagi Galaxy M...