HeadHunter Uzbekistan o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 49 foizi yozgi ta’tilni oldindan rejalashtirgan. Respondentlarning aksariyati dam olishni xorijda o‘tkazishni ma’qul ko‘rmoqda.
Ish beruvchilar va ish izlovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotda 160 dan ortiq respondent ishtirok etdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 49 foizi 2026-yilgi yozgi ta’tilini allaqachon rejalashtirgan. Yana 21 foiz respondent ta’tilga chiqishni mo‘ljallagan, biroq aniq sanalarni belgilamagan. So‘rov qatnashchilarining 25 foizi yozda dam olishni rejalashtirmagan bo‘lsa, 7 foizi hali yakuniy qarorga kelmagan.
Dam olish manzilini tanlash afzalliklari
Tadqiqotga ko‘ra, xorijga sayohat qilish yozgi dam olishning eng ommabop shakli bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning 35 foizi ta’tilni chet elda o‘tkazishni rejalashtirgan. Yana...