O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova–Tillayeva turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Temur Tillayev bilan rasman ajrashganini ma’lum qildi. Bu haqda u Instagram sahifasida xabar berdi.
Karimova o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida «o‘zimni tanladim» mazmunidagi izoh qoldirib, ajralish qarorini shaxsiy hayotida yangi bosqich sifatida qabul qilayotganini bildirgan. Uning yozishicha, bu qaror erkinlik va o‘zini rivojlantirish sari yo‘naltirilgan.
Lola Karimova-Tillayeva va Temur Tillayev 2002-yilda tashkil etilgan «Sen yolg‘iz emassan» xayriya jamg‘armasi orqali...