Turkiya Superligasining 16-turi doirasida «Samsunspor» va «Istanbul Bashakshehir» bahs olib bordi. Uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov o‘zining yorqin o‘yini, gol va golli uzatmasi bilan jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda tashabbus to‘liq mehmonlar tomoniga o‘tdi.
O‘yinning 66-daqiqasida Eldor Shomurodov raqibning qo‘pol xatosidan keyin darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, 83-daqiqada Shomurodov jamoadoshi Bertug‘ Yildirimga qulay vaziyat yaratib berdi va assist muallifiga aylandi.
SofaScore tahliliy portali ma’lumotlariga ko‘ra, Eldor Shomurodov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va uning harakatlari...