Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi YU7 GT elektromobilini may oyining oxirida rasman taqdim etishini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Model Pekindagi avtosalonda namoyish etildi.
Yangi avtomobil standart YU7 dizaynini saqlab qolgan. Shu bilan birga, u sportcha elementlar, yangi ranglar va yaxshilangan aerodinamik paket bilan ajralib turadi. Kuzov Cherry Red rangida taqdim etiladi, old qismida esa brendga xos faralar qo‘llangan.
YU7 GT o‘lchamlari ham e’tiborga molik. Avtomobil uzunligi 5 metrga yaqin, kengligi 2 metrni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 3 metr bo‘lib, bu uni katta va qulay SUVlar qatoriga kiritadi. Eng asosiy e’tibor texnik ko‘rsatkichlarga qaratilgan. Model ikki dvigatelli...