Namangan viloyatida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, mansabdorlar o‘zaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga tegishli Yangi Namangan tumanida joylashgan 2 qavatli noturar bino bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilgan. Ular qurilish ruxsatnomasi, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i hamda loyiha hujjatlarini ijobiy hal qilib berish evaziga $22 ming talab etgan.
Joriy yilning mart oyida ushbu mablag‘ning $7 ming olingan. Qolgan $15 mingni olish jarayonida esa tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda mansabdorlardan biri pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, ikkinchi bosh mutaxassis ham protsessual tartibda qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat...