Osiyo taraqqiyot banki 2025-yilda o‘z resurslaridan $29,3 mlrd ajratdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga yuqori.
Bank mablag‘lari Osiyo va Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. Shu orqali 3,3 mln dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi va 180 mln kishining hayoti yaxshilanishi kutilmoqda.
OTB prezidenti Masato Kanda bank misli ko‘rilmagan darajada yordam ko‘rsatganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu bankning tez va katta hajmda yordam berish imkoniyatini ko‘rsatadi.
Ajratilgan mablag‘lar kreditlar, grantlar, investitsiyalar va texnik yordamni o‘z ichiga oladi. Hamkorlar tomonidan yana $14,7 mlrd qo‘shimcha resurs jalb qilindi.
Pul oqimining katta qismi Janubiy Osiyoga yo‘naltirildi. Bu hudud $9,7 mlrd oldi...