Fan

Iflos havo miya faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi

25-may 2026 10:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Iflos havo miya faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi
Foto: Shutterstock

Britaniyalik olimlar iflos havo inson organizmiga juda qisqa vaqt ichida ta’sir qilishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqotga ko‘ra, bino ichidagi va tashqaridagi zararli havo nafas olish tizimi hamda miya faoliyatini buzishi mumkin.

Tadqiqotda havodagi zararli aralashmalar inson miyasi ishini bir soat ichida o‘zgartirishi mumkinligi qayd etilgan. Birmingem universiteti olimi Tomas Faerti tadqiqot iflos havo demensiya xavfini oshirishini yaxshiroq tushunishga yordam berganini aytgan.

Tajriba 50 yosh va undan katta bo‘lgan 15 nafar ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazildi. Ular navbatma-navbat izolyatsiya qilingan maxsus kameraga joylashtirildi. Ishtirokchilar bir soat davomida maxsus niqob orqali turli havo aralashmalaridan nafas oldi. Olimlar jami besh xil havo muhitini sinovdan o‘tkazdi.

Tajriba davomida mutlaqo toza havo, yog‘och tutuni, dizel chiqindilari, oshxona chiqindilari va limon aerozoli ta’siri tekshirildi. Limon aerozoli maishiy tozalash vositalari ishlatilganda ajralishi mumkin. Har bir sinovdan oldin va keyin ishtirokchilarning o‘pka holati hamda miya faoliyati baholandi. Buning uchun nafas olish ko‘rsatkichlari va kognitiv testlardan foydalanildi.

Natijalar zararli havo organizmga bir soat ichida turlicha ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Masalan, yog‘och tutuni va maishiy kimyodagi limon hidi nafas olish ko‘rsatkichlarini biroz yomonlashtirgan.

«Kursiv» O‘zbekistonda ayrim plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish taqiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek